19 Dec 2025

Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari kengaymoqda! (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4531)

Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari kengaymoqda! (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4531)

Ushbu Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishini hamda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga davlat yong‘in nazorati organlarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda.

Yong‘in xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari kengaymoqda! (https://senat.uz/plenary-sessions/post-4531) Ushbu Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi kuchaytirilishini hamda “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunga davlat yong‘in nazorati organlarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilmoqda. Xususan, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi to‘ldirilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sog‘lig‘iga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo bo‘lishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘xtatib turish vakolati berilmoqda. Senatorlarning fikricha, mazkur Qonun yong‘inlarning oldini olishga, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir choralari yana-da samarali qo‘llanilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Boshqa yangiliklar

Пенсиянгизни нақд шаклга ўтказмоқчимисиз? Буни осон амалга оширинг.
17 Nov 2026

Пенсиянгизни нақд шаклга ўтказмоқчимисиз? Буни осон амалга оширинг.

✅ Пенсия жамғармаси томонидан my.gov.uz порталида мазкур онлайн хизмат ишга туширилди. (https://my.gov.uz/uz/service/1360) ✅ Ушбу хизматдан фойдаланган ҳолда уйдан чиқмасдан туриб ҳам пенсиянгизни нақд шаклга ўтказишингиз мумкин. Бунда Пенсия жамғармаси туман (шаҳар) бўлимига мурожаат қилишингиз шарт эмас. ⚡️ Барчаси тез, осон ва жуда қулай. ↪️ Маълумот учун: Ушбу қулайлик Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 28 сентябрдаги ПҚ-355-сон Қарорига (https://lex.uz/docs/8515075#8516633)мувофиқ жорий этилди.

Batafsil o'qish
Olti yoshli bolalar bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etiladi
17 Nov 2026

Olti yoshli bolalar bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga maktabgacha va maktab ta’limi tizimi integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Batafsil o'qish