14 Jan 2026

Xavfsizlik kamarini taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi Hujjatga ko‘ra, 20 ta holatda fuqarolar maxsus ma’lumotnoma bilan xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat olishi mumkin

Xavfsizlik kamarini taqmaslik mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi  Hujjatga ko‘ra, 20 ta holatda fuqarolar maxsus ma’lumotnoma bilan xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat olishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-son buyrugʻiga asosan xavfsizlik-kamarini-taqmaslik-mumkin-bolgan-kasalliklar-royxati-tasdiqlandi-hujjatga-kora-20-ta-holatda-fuqarolar-maxsus-malumotnoma-bilan-xavfsizlik-kamarini-taqmaslikka-ruxsat-olishi-mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-son buyrugʻiga ILOVA Salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan kasalliklar ROʻYXATI T/r Kasalliklar nomi 1. O‘mrov va toʻsh suyagi sinishi* 2. Yelka kamari sinishi* 3. Qovurgʻalar sinishi* 4. Chap oʻmrov suyagi chiqishi tufayli oʻtkazilgan operatsiyalar* 5. Chap oʻmrov suyagining soxta boʻgʻimi sinishi* 6. Umurtqa pogʻonasining kompression sinishi* 7. Oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich) 8. Bronxial astma (IV bosqich) 9. Oʻpkaning interstitsial zararlanishi (fibroz va boshqalar) 10. Oʻpkaning bir qismi yoki butun qismining (chap yoki oʻng) olib tashlanishi (lobektomiya, pnevmonektomiya)** 11. Surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi 12. Ogʻir yurak-qon tomir kasalliklari (oʻtkazilgan infarktlar, ishemiya va boshqalar) 13. III darajali (morbid) semizlik (Tananing massa indeksi ≥ 40) 14. Past boʻylik (nanizm) 150 santimetrdan past** 15. Qoʻl yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar 16. Tananing koʻkrak qismida joylashgan ogʻir allergik yoki dermatologik kasalliklarning ogʻir shakllari (ekzema, psoriaz va boshqalar) 17. Oʻmrov, kurak, yelka, toʻsh suyaklari va qovurgʻalarda ichki va tashqi implantlarning mavjudligi 18. Koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻida oʻtkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar 19. Stomalar mavjud boʻlishi 3 QMMB: 10/26/3755/0039-son 14.01.2026-y. 20. Koʻkrak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (oʻsma) Izoh: Ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi boʻyicha QR-kodli (matrik shtrixli kod) elektron tibbiy maʼlumotnoma mazkur ro‘yxatga ilovada keltirilgan shaklda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi orqali bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki bemor davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul beriladi. Tibbiy maʼlumotnoma bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan u davolangan nodavlat tibbiyot tashkilotining tegishli xulosasi asosida ham berilishi mumkin. Tibbiy ma’lumotnoma 1 yil muddatga beriladi, bundan mazkur izohning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida belgilangan muddatlar mustasno. * Tibbiy maʼlumotnoma ushbu kasalliklar yuzasidan qo‘yilgan tashxislar boʻyicha belgilangan muddatlar (2 oy, 4 oy, 6 oy, 1 yil) doirasida beriladi. ** Tibbiy maʼlumotnoma ushbu kasalliklar uchun doimiy muddatga beriladi

Boshqa yangiliklar

Пенсиянгизни нақд шаклга ўтказмоқчимисиз? Буни осон амалга оширинг.
17 Nov 2026

Пенсиянгизни нақд шаклга ўтказмоқчимисиз? Буни осон амалга оширинг.

✅ Пенсия жамғармаси томонидан my.gov.uz порталида мазкур онлайн хизмат ишга туширилди. (https://my.gov.uz/uz/service/1360) ✅ Ушбу хизматдан фойдаланган ҳолда уйдан чиқмасдан туриб ҳам пенсиянгизни нақд шаклга ўтказишингиз мумкин. Бунда Пенсия жамғармаси туман (шаҳар) бўлимига мурожаат қилишингиз шарт эмас. ⚡️ Барчаси тез, осон ва жуда қулай. ↪️ Маълумот учун: Ушбу қулайлик Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 28 сентябрдаги ПҚ-355-сон Қарорига (https://lex.uz/docs/8515075#8516633)мувофиқ жорий этилди.

Batafsil o'qish
Olti yoshli bolalar bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etiladi
17 Nov 2026

Olti yoshli bolalar bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga maktabgacha va maktab ta’limi tizimi integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Batafsil o'qish