19 Dec 2025

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi

Mazkur Qonunda mahalliy Kengash raisi va hokimlar lavozimlari bir-biridan ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish nazarda tutilmoqda.

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. Mazkur Qonunda mahalliy Kengash raisi va hokimlar lavozimlari bir-biridan ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish nazarda tutilmoqda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari kuchli kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim tamoyili asosida vakillik va ijro organlari o‘rtasida aniq taqsimlanayotganligi, mahalliy Kengash va hokimliklarning faoliyatiga xos bo‘lmagan va respublika ijro etuvchi organlar vakolatlariga oid takrorlanuvchi 8 ta vazifa bekor qilinayotganligi muhokamalar davomida senatorlar tomonidan taʼkidlandi. Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarining keyingi bosqichi amalga oshirilishiga, Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelining to‘liq amalga oshishiga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi. Muhokama yakunida senatorlar Qonunni maʼqulladi.

Boshqa yangiliklar

Пенсиянгизни нақд шаклга ўтказмоқчимисиз? Буни осон амалга оширинг.
17 Nov 2026

Пенсиянгизни нақд шаклга ўтказмоқчимисиз? Буни осон амалга оширинг.

✅ Пенсия жамғармаси томонидан my.gov.uz порталида мазкур онлайн хизмат ишга туширилди. (https://my.gov.uz/uz/service/1360) ✅ Ушбу хизматдан фойдаланган ҳолда уйдан чиқмасдан туриб ҳам пенсиянгизни нақд шаклга ўтказишингиз мумкин. Бунда Пенсия жамғармаси туман (шаҳар) бўлимига мурожаат қилишингиз шарт эмас. ⚡️ Барчаси тез, осон ва жуда қулай. ↪️ Маълумот учун: Ушбу қулайлик Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 28 сентябрдаги ПҚ-355-сон Қарорига (https://lex.uz/docs/8515075#8516633)мувофиқ жорий этилди.

Batafsil o'qish
Olti yoshli bolalar bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etiladi
17 Nov 2026

Olti yoshli bolalar bir yillik tayyorlov guruhlariga jalb etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga maktabgacha va maktab ta’limi tizimi integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Batafsil o'qish