MEDIATORLIK

MEDIATORLIK AMALIYOTI

mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar oʻzaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator koʻmagida hal qilish usuli;

fuqarolik huquqiy munosabatlardan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan, mijoz va bank (kredit tashkilotlari) oʻrtasidagi munosabatlardan, sugʻurta shartnomasidan yuzaga keladigan munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga, mehnat va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qoʻllash bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi “Mediatsiya” atamasi xalqimiz uchun yangi tushuncha bo‘lishi mumkin, biroq bu aslida milliy qadriyatdir. Odamlarimiz ham “falonchi pistonchini sudga beribdi” degan gap-so‘zdan andisha qiladi. Shu sababli, xalqimiz insonlar o‘rtasida nizo kelib chiqsa, yoshi ulug‘lar o‘rtaga tushadi, tomonlarni o‘zaro yarashtirishga harakat qiladi. Yuridik til nuqtai nazaridan, mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli hisoblanadi. Sodda qilib aytganda, tomonlar o‘rtasida nizo yuzaga kelsa, uni sudda emas, mediator huzurida hal qilish tushuniladi. Mazkur amaliyot mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to‘g‘risida” gi qonuni bilan yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkorlar o‘rtasida nizo kelib chiqsa va tomonlardan biri iqtisodiy sudga da’vo ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa, sud taraflarga nizoni mediativ kelishuv yo‘li bilan hal etish mumkinligini tushuntiradi. Basharti, tomonlar nizoni mediator huzurida hal etish istagini bildirsa, sud ularga 2 oydan oshmagan holda muddat beradi va bu orada ishni ko‘rish to‘xtatiladi. Agarda tadbirkorlar shu 2 oy davomida mediativ kelishuvga erishsa, sud da’voni ko‘rmasdan qoldiradi. Bu – nizo suddan tashqari, sudning ishtirokisiz hal etildi degani. Sudga ishiga tushgan tadbirkorlarimiz yaxshi biladi sudda ish ko‘rilsa, albatta davlat boji undiriladi. Tomonlarning mediativ kelishuv tuzganligi natijasida sud da’voni ko‘rmasdan qoldirgan bo‘lsa, davlat boji undirilmaydi. Chunki nizoni sud hal etmadida.